“Qizlar davrasida”

Samarqand temir yo'l transporti kasb- hunar kollejida "Erta turmushning oldini olish masalalari" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.

Kollej o'qituvchilari va o'quvchi qizlar ishtirok etgan tadbirda bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri bo'lgan qizlarni erta-turmushga uzatish muammosi va uning ayanchli oqibatlari haqida suz bordi. Bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimovning ma'ruzalarida keltrilgan fikrlar o'rtaga tashlanib, o'quvchi qizlarning munosabatlari tinglandi. Shundan sung, kollej xotin-qizlar qumitasi boshlang'ich tashkiloti tomonidan taklif va tavsiyalar uchun tashkil etilgan "Ko'ngildagi gaplar" qutisi va uning maqsadi haqida ma'lumotlar berildi.        

                                                                                                                      L.Qarshiyeva 

11.02.2016