Yangiliklar

“Qizlar davrasida”

Samarqand temir yo'l transporti kasb- hunar kollejida "Erta turmushning oldini olish masalalari" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.

Kollej o'qituvchilari va o'quvchi qizlar ishtirok etgan tadbirda bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri bo'lgan qizlarni erta-turmushga uzatish muammosi va uning ayanchli oqibatlari haqida suz bordi. Bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimovning ma'ruzalarida keltrilgan fikrlar o'rtaga tashlanib, o'quvchi qizlarning munosabatlari tinglandi. Shundan sung, kollej xotin-qizlar qumitasi boshlang'ich tashkiloti tomonidan taklif va tavsiyalar uchun tashkil etilgan "Ko'ngildagi gaplar" qutisi va uning maqsadi haqida ma'lumotlar berildi.        

                                                                                                                      L.Qarshiyeva 

2015 yil “Keksalarni e'zozlash yili”

2015 yil 10 iyun kuni “Keksalarni e'zozlash yili” Dasturi ijrosini ta'minlash maqsadida Hyech kim mehr va e'tibordan chetda qolmasin shiori ostida 40 yildan ortiq birgalikda ahil va inoq yashab kelayotgan, o‘zining fidokorona mehnati bilan mustaqilligimizni rivojlantirish va mustahkamlashga salmoqli ulush qo‘shgan, farzandlarni tarbiyalangan ota-onalar, oilalarga bag‘ishlangan “Mehr-muhabbat va totuvlikda kechayotgan uzoq umr” mavzusida kollejda faoliyat yuritgan Faxriy temiryo‘lchi I.Abdullayev, “Shuxrat” medali sovrindori S.Djurakulov va “O‘zbekiston Respublikasidan xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” Q.Mamatovlar oilasi bilan taklif qilindi

“O‘zbek qizlarining kiyinish madaniyati” ko‘rik tanlovi

2015 yil 8 iyun Viloyat  o‘rta  maxsus, kasb-hunar  ta'limi  muassasalari  o‘quvchi-qizlar  o‘rtasida  belgilangan  “O‘zbek  qizlarining  kiyinish  madaniyati”  ko‘rik  tanlovini  o‘tkazish  to‘g‘risidagi  Nizomi  asosida  5  shartdan  iborat  ko‘rik  tanlov  o‘tkazildi, tanlovda  4  nafar  qizimiz  ishtirok  etishdi.

Tanlov  shartlari  quyidagilar:

- Salomlashish:

- “Keksalarni  e'zozlash  yili”ga  bag‘ishlab, sahna  ko‘rinishi, intermediya  va  boshqalar:

- She'r  aytish:

- Qizlarning  kiyinish  madaniyati:

 

- Erkin  mavzulardan  iborat  edi.