ABITURIENT-2015

Samarqand temir yo‘l transporti kasb-hunar kollejida  Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 7 iyundagi 109-son qaroriga “Umumta'lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalariga qabul qilish va rasmiylashtirishni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi  Nizom,  Adliya  vazirligi  tomonidan  2014  yil  21  maydagi  2586-raqam  bilan  davlat  ro‘yxatidan  o‘tkaziladigan  “Akademik  litsey  va  kasb-hunar  kollejlarining  maslahat  markazlari  to‘g‘risida”gi  nizomi  va  O‘rta  maxsus, kasb-hunar  ta'limi  markazining  2014  yil  9  iyundagi  “Akademik  litsey  va  kasb-hunar  kollejlarida  maslahat  markazlari  faoliyatini  yo‘lga  qo‘yish  to‘g‘risida”gi  169-sonli  buyrug‘i  asosida 2015 yil 20 iyundan umumta'lim maktab 9-sinf bitiruvchilarini kollejga qabul qilish jarayonlari boshlandi. 20 iyundan 26 iyunga qadar Samarqand viloyat hokimligi o‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi boshqarmasi hamda Xalq ta'limi boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan reja asosida abituriyentlarga tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun varaqalar tarqatildi xamda 22 iyundan 30 iyunga qadar yig‘ma jildlar qabul qilindi.

 

Test sinovlari o‘tkazilish muddati Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan belgilanadi.

 

07.07.2015