2016 yil - "Sog‘lom ona va bola yili"

 

2016 yil yurtimizda Sog‘lom ona va bola yili" deb e'lon qilinganligi munosabati bilan kollejda, "Ona va bola sog‘lom bo‘lsa, oila baxtli, jamiyat mustahkam bo‘ladi" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatini kollejning "Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti" rahbari L.Qarshiyeva ochib berdi.

Inson doim yaxshi kunlarga, farovon turmushga intiladi. Bugun kechagidan kura yaxshiroq yashashga harakat qiladi. Ayni paytda farzandlari, nabiralari o'zidan-o'zi tuzukroq hayot kechirishini istaydi. Bu istak uni tinim bilmay mehnat qilishga, orzulari sari dadil qadam tashlashga undaydi Orzu-niyat, reja qancha aniq hayotiy bo'lsa unga yetish ham oson va ishonchli bo'ladi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar yo‘li ana shunday puxta rejaga asoslangan. Davlat dasturi qabul qilinib, barcha kuch va salohiyat ana shunday uzoqni ko’zlab kelinayotgan rejalar asosida olib borilayapti.

Keyin kolejning "Ma'naviyat va ma'rifat ishlari" bo‘yicha direktor o’rinbosari I.Pardayeva "Prezidentimiz Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 23 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasini" hammamiz his-hayajon bilan eshitdik. Yurtimizda Davlat dasturi doirasida misli ko‘rilmagan ishlar qilinib kelinmoqda. Davlatimiz rahbari ham ma'ruzalarida, ayollar, qizlar, yoshlar masalasida alohida to‘xtalib o‘tadi.

Darhaqiqat, mustaqillikka erishganimizdan sung sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish birinchi o‘rinda. oila, onalik va bolalikni himoya qilish masalasi eng muhim, ustuvor vazifa sifatida belgilab olindi. Bu ezgu ishlarga e'tibor yildan-yilga kuchayib kelmoqda.

Onalik va bolalikni muxofaza qilish, oilalarni mustahkamlashda muhim jixatlari bor. U ham bo‘lsa katta hayotga endigina qadam qo‘ymoqchi bo‘lgan siz aziz yoshlarga yetarlicha bilim olib, kasb-hunar egallash, ruzg‘or tebratishda ko‘nikmaga ega bo‘lish oila qurishdan avval tibbiy ko’rikdan o‘tishdek muhim masala qo‘yildi.

Yana Prezidentimiz o‘z ma'ruzasida ana shu jihatdan alohida to‘xtalib o‘tgani bejiz emas: "Qiz bolami kollejni bitirmasdan, hunar egallamasidan turib, kimki turmushga bermoqchi bo‘lsa-bilib qo‘yinglar, buni men uzoqni ko‘rmasdan kaltabinlik deb hisoblayman. Qiz bola, avvalo, kasb egallasin, o‘z fikriga ega bo‘lsin, u hayotni anglasin. Shundan keyin u hayotda o’zining munosib o‘rnini topadi, jamiyatimizning faol a'zosiga aylanadi, ertaga u quradigan oila ham mustahkam bo‘ladi ".

Shu bois ham bizning milliy qadriyatlarimiz, udumlarimiz turmush tutumlarimiz haligacha mustahkamdir. Ana shu ulug‘ ishga munosib hissa qo‘shish barchamizning muqaddas vazifamizga aylanishi, shubhasiz. Keyin qizlarimiz o‘z fikrlarini aytishib davra suhbatiga yakun yasaldi.

 

 

 

 

12.02.2016