Kollejdagi voqealar

2016 yil - "Sog‘lom ona va bola yili"

2016 yil yurtimizda Sog‘lom ona va bola yili" deb e'lon qilinganligi munosabati bilan kollejda, "Ona va bola sog‘lom bo‘lsa, oila baxtli, jamiyat mustahkam bo‘ladi" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Odam savdosiga qarshi kurashish

2015 yil 17 iyun kuni kollejda Samarqand  shahar  IIB  tergov  bo‘limi  katta  tergovchisi  A.B.Adilov  hamda  tergov  bo‘limi  tergovchisi  I.I.Ubaydullayevlar  bilan  birgalikda  olib  borilgan  “Odam  savdosiga  qarshi  kurashish”  va  “Yoshlarni  sud  organlari  tizimi  va  faoliyati  bilan  yaqindan  tanishtirish”  mavzularida  o‘tkazilgan  uchrashuv  o‘tkazildi.

- 2008  yil  17  apreldagi  “Odam  savdosiga  qarshi  kurashish” to‘g‘risidagi  O‘zbekiston  Respublikasi  qonuni  o‘rganish:

-  “Yoshlarni  sud  organlari  tizimi  va  faoliyati  bilan  yaqindan  tanishtirish”  to‘g‘risida: 

- “Oydinda oy qidirgan ojizalar ” videofilm  namoyishi  etildi.

 

“Kitobxonlik va mutolaa madaniyati”

2015 yil 11 iyun kuni  kollejda O‘zbekiston  Xotin-qizlar  qo‘mitasining  Samarqand  viloyati  hududiy  xotin-qizlar  qo‘mitasining  2015  yil  4  maydagi  № 05-115-sonli  xati  asosida  “O‘zbekiston  Xotin-qizlar  qo‘mitasining  2015  yil  29  apreldagi  01/12-7-sonli  xatiga  asosan  O‘zbekiston  xotin-qizlar  qo‘mitasi  tashabbusi  bilan  o‘quv  muassasalari  qoshida  tashkil  etilgan  “Orasta  qizlar” to‘garaklarining  taklifi  bilan  “Kitobxonlik  va  mutolaa  madaniyati”  mavzusida  o‘quvchilar  o‘rtasida  davra  suhbatlari  o‘tkazildi, bunda 7 ta  qizimiz  faol  ishtirok  etishdi”