Samarqand temir yo’l transporti kolleji haqida

     1918 yil o’rta maxsus  yurtlarining keng tarmoqlarini barpo etish to’g’risida qaror qabul qilindi, shulardan biri Samarqand temir yo’l transporti texnikumi hisoblanadi. 4 iyun 1932 yilda Doprizivnaya 10 ko’chasida qurilgan bir qavatli internat maktabda Samarqand temir yo’l transporti texnikumi faoliyat ko'rsata boshladi.

     1933 yil oktyabr oyida texnikum SSSR temir yo’llar xalq kamissarligining O’rta Osiyo temir yo’llari va Samarqand zavod-fabrika bilim maktabi bilan qo’shilib, tashkil topgan. Bunga asos: O’rta Osiyo temir yo’llari boshqarmasining 1933 yildagi №66/4 sonli qarori bo’ldi.

     O’sha paytlarda uncha jihozlanmagan auditoriyalar bo’lib, sportzal, ustaxonalar, oshxona va yotoqxonalar yo’q edi, faqat bir qavatli ko’p katta bo’lmagan bino shakllangan edi.

    O’sha davrda texnikumda ikkita bo’lim bo’lib, ekspluatatsiya va porovoz mashinistlari tayyorlab, atigi 25 ta mutaxassis kadrlar tayyorlangan.

    1936 yilda o’quv bazalari yetarli bo’lmagani uchun MPS ning o’quv boshqarmasi bo’limining qaroriga asosan Samarqand texnikumi mustaqil faoliyat ko’rsata boshladi.

    Vaqt juda ham og’ir edi. Auditoriyalar yetmas, bir auditoriyada partalarda 50-55 talaba o’tirardi, yotoqxonalarda 30-40 kishi yashar edi. Talabalar uyida 50-60 kishigacha o’quvchilar joylashtirilardi, kechalari kerasinli chiroqlardan foydalanar edilar. Ammo hamma og’ir ahvolga ko’nikib, biror kishi ham shikoyat qilmas edi.

    Darslar ikki smenada o’tkazilardi. Darsdan keyin vokzalga shoshilib borilardi, vagonlardan yuklarni tushirib, frontga yordam qilinardi.

    O’sha yillari temir yo’l transpotida mahalliy mutaxassislar yetarli bo’lmagani uchun 1950 yillarga qadar hamma darslar rus tilida olib borilardi.

     Yildan-yilga temir yo’l transporti uchun kadrlarni tayyorlash va texnikum qurilishi uzluksiz davom ettirildi. 1956 yilda o’zining hududida texnikum tomonidan 110 o’rinli oshxona, 1958 yilda ikki qavatli 100 o’rinli talabalar uyi va 1963 yilda sportzal qurildi.

    1965 yilda ishlab chiqarishdan ajralmagan holda sirtqi bo’limi ochildi, hozirga qadar faoliyat ko’rsatib kelmoqda, faqat mutaxassislarni tayyorlash kontrakt asosida olib borilmoqda.

     Samarqand temir yo’l transport kasb-hunar kolleji o’zining 80 yillik faoliyati mobaynida Respublikaga 9,5 ming o’rta-texnikaviy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlab yetkazdi. Bular faqatgina DATK “O’zbekiston temir yo’llari” hududiy temir yo’l mintaqalarida emas, balki MDH hududining ko’pgina davlatlarida ham xizmat qilmoqdalar.

     2003 yilning 20 fevralida “O’zbekiston temir yo’llari” DATK raisi A.J.Ramatovning № H-66 sonli bo’yrug’i bilan Samarqand temir yo’l transport texnikumiga kasb-hunar kolleji maqomi berildi.

     Bugungi kunda kollejda 1235 nafar talaba tahsil olmoqda. 

    Kunduzgi bo’limda ta'lim olayotgan talabalar dars va bilimlarni o'zlashtirish k'o'rsatgichlari asosida «O’zbekiston temir yo’llari» DATK tarmoq stipendiyasi bilan ta’minlanmoqdalar.

     Respublikamizning boshqa viloyatlardan kelgan o'quvchilar talabalar uyida joylashtiriladilar.

     Aynan hozirgi o'qish jarayoni 6 yo’nalish bo'yicha kollejda amalga oshiriladi. Bular quyidagilardan iborat:

     1."Temir yo’l stansiyalaridan foydalanish va xizmat ko’rsatish texnigi"; 
     2."Temir yo’l elektrotexnik tizimlaridan texnik foydalanish elektromexanigi";
     3."Temir yo’l kontakt tarmoqlari va tortish podstansiyalarini texnik ishlatish va ta’mirlash";
     4."Temir yo’l vagonlariga xizmat ko’rsatish va ta’mirlash mexanigi";
     5."Temir yo’llarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash mexanigi";
     6."Temir yo’l transport vositalaridan foydalanish va ta’mirlash mexanigi".

Mashg'ulotlar yuqori malakali mutaxassis o’qituvchilar tomonidan olib borilmoqda va ular 6 ta kafedraga biriktirilgan.