Kamolot hayotidan

     Joriy yilning fevral oyida Samarqand temir yo’l transporti kasb-hunar kolleji “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati yetakchisi Muxtorov M. xamda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Samarqand viloyati Kengashi qoshidagi  “Yoshlar orasida OIV,OITS, giyohvandlik kasalliklarini oldini olish” loyihasi doirasida kollejning 30 nafar oquvchilariga  mini-sessiya o’tkazildi. Mazkur mini sessiyani ushbu loyixaning  Samarqand viloyati treneri Quldasheva Zebo olib bordi.

     Mini-sessiya davomida kuzatilgan maqsad va vazifalar tushuntirildi. Yoshlarning mazkur salbiy illatlar to’g’risidagi ma’lumotlarini sinovidan o’tkazish maqsadida so`rovnomalar tarqatildi. Shundan so’ng, loyiha treneri tomonidan OIV, OITS, giyohvandlik kasalikkalarining kelib chiqish sabablari, yuqish yullari, undan himoyalanish va oldini olishning asosiy usullari haqida gapirildi.

 





 

2013 yilning 25 dekabrida kuni yangi yil bayrami munosobati bilan kollejning talabalari va “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati "Keling bir kulishaylik" nomli quvnoqlar va zukkolar tadbiri tashkil qildi