Axborot resurs markazi

     Hozirgi axborot texnologiyalari kommunikatsiya tarmoqlari rivojlangan asrda informatsion siyosat, madaniyat rivojlanishining ajralmas qismi hisoblanadi . «Axborot resurs markazi» ishining asosiy mazmuni - milliy istiqlol g’oyasini keng omma, talabalar orasida targ’ib qilish va tushuntirib borish hamda ularni amalga oshirishda ko'maklashishsh, komil insonni tarbiyalashdir.

    Milliy istiqlol mafkurasining asosi Prezidentimiz asarlarida ko’rsatib berilgan bo’lib, u bizning milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va xususiyatlarimizning umumbashariy demokratik tamoyillar bilan uyg’unlashuvidan iboratdir. Milliy Mustaqillik mafkurasi o’zimizga mos turmush tarzimiz, xalqimiz an’analari va umumbashariy qadriyatlar uyg’unligi asosiga qurilganligi tufayli ma’lum bir siyosiy doiralarning emas, balki butun xalqning, millatning mafkurasiga aylanishi lozim. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 20 iyun 2006 yildagi № 381-sonli «Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta'minlashni tashkil qilish» to'grisidagi qarori asosida respublika miqyosida «Axborot-resurs markazlar»i tashkil topdi. Shu bilan birga, 2007 yil      9-fevraldagi Samarqand shahar hokimining № 145-K qaroriga asosida  Samarkand temir yo’l transport kasb-hunar kollejida «Axborot-resurs markazi» tashkil topdi.

     Bugungi kunda «Axborot-resurs markazi» fondi 27794 nusxa kitobdan iborat bo’lib, shundan:

     umumta’lim fanlarga oid 7917;

     kasb-hunar ta’limiga oid fanlar bo’yicha 14472;

     ijtimoiy-siyosiy fanlarga oid 1669;

     badiiy adabiyotlar 3874;

     uslubiy adabiyotlar 189;

     kitobxonlar soni: 2027.

     Yillik kitob aylanish darajasi 62144.

     Bundan tashqari ARM da 25 ta ma'ruza matnlari, 37 ta elektron darslikl mavjud.

   «Axborot-resurs markazi» (ARM) o`zining moddiy-tehnik bazasiga ega bo`lib, unda 7 ta kompyuter, printer, skaner mavjud, o’z elektron  pochtasi ( Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. ). ARM 25 xil nomdagi gazeta va jurnallarga obuna, shulardan 8 tasi jurnallardir. 

     Yangi olingan adabiyotlar byulleteni doimiy ravishda chiqarilib turiladi.

     «Axborot-resurs markazi» qoshidagi qiroatxonada «Intellektual ring» deb nomlangan konkursi muntazam ravishda o'tkazib turiladi.

   Tarbiyaviy soatlar o’tkazish uchun hamda «Axborot-resurs markazi» qiroatxonasida «Talabalar uyi»da istiqomat qiluvchi o’quvchilar uchun 40 xil mavzularda metodik tavsiyanomalar ishlab chiqilgan.

    Yangi olingan adabiyotlar prezentasiyasi doimiy ravishda o’qituvchi va o’quvchilar orasida olib boriladi, suhbatlar uyushtiriladi.