Abituriyentlarga kerakli bo’lgan ma’lumotlar.


Abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga !


Samarqand temir yo`l transporti kasb-hunar kollejiga o'qishga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun 2015 yil 14 iyul kuni Davlat test markazi tomonidan saralash test sinovlari o'tkaziladi.

Test sinovlariga soat 6:30 da kelish so`raladi.

Test sinovlariga abituriyentlar tilxat va shaxsni tasdiqlovchi hujjat (passport yoki tug`ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi) bilan kelishlari shart.


1.    Kollej direktori nomiga ariza.
2.    Tuman xalq ta’limi bo’limidan yo’llanma (9 sinfni tugatganlar).
3.    To’liqsiz o’rta maktabni tugatganligi haqidagi hujjat.
4.    U-86 shaklidagi tibbiy ma’lumotnoma(temir yo’l kasalxonasidan).
5.    Narkodispanser markazidan ma’lumotnoma.
6.    Ruhiy kasalxonadan ma’lumotnoma.
7.    3,5x4,5 o’lchamdagi 6 dona fotosurat(bosh kiyimsiz).
Hujjat topshirishda fuqarolik pasporti yoki tug’ilganlik haqidagi hujjatlar, harbiy xizmatga layoqatligi to’grisida guvohnomalari ilova qilinadi.